«NO’KIS VINOZAVODI»

Aksiyadorlik jamiyati

Alkogol mahsuloti aksiz markalarining haqqoniyligini aniqlash hizmatidan foydalanish bo`yicha qo`llanma

Alkogol mahsuloti aksiz markasining haqqoniyligini aniqlash hizmatidan foydalanishdan avval, mahsulotning idishiga yopishtirilgan aksiz markasini diqqatlik bilan qarab chiqish kerak. Hizmatdan foydalanish uchun internet tarmog`iga ulanish imkoniyatiga ega yoki shunchaki SMS habar yuborish/qabul qilish imkoniyati mavjud telefon qurilmasi lozim*.

*Ayni vaqtda faqatgina 2015 yil 1 apreldan boshlab O`zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlari aksiz markalarinigina tekshirish imkoniyati mavjud bo`lib, import qilingan mahsulotlarni tekshirish hizmati vaqtincha aktiv holatda emas.

O`zbekiston Respublikasi hududida amal qilinadigan aksiz markasi namunalari:

excise

  • AROQ – aroq mahsuloti.
  • VINO – uzum vinosi, tabiiy vino, shampan vinosi, hamda gazli vino
  • SPIRTLI ICHIMLIKLAR – konyak, liker-aroq mahsuloti, balzam.

Aksiz markasining ma`lumotlari:

excise3

Аlkogol mahsuloti aksiz markasining haqqoniyligini aniqlash hizmatidan SMS so`rov yuborish orqali foydalanish mumkin.

Alkogol mahsuloti aksiz markasining haqqoniyligini aniqlash hizmatidan SMS so`rov orqali foydalanish uchun +998-91-770-30-67 raqamiga aksiz markasining ma`lumotlarini yuboring. Yuborilayotgan so`rov quyidagi ko`rinishda bo`ladi:
Seriya-raqami-korhona kodi-mahsulot turi-hajmi, chiziqcha bilan ajratilib yoziladi. 

Misol: АА-0000000-15026-SPIRTLIICHIMLIKLAR-0,75 

Eslatma: hajm ma`lumotlari vergul bilan ajratib yoziladi. 

SMS yuborish narhi hizmatdan foydalanayotgan shaxsning qaysi operatorga ulanganligiga bog`liq bo`lib, hizmatdan foydalanganlik uchun ortiqcha haq olinmaydi.

Yagona interaktiv davlat hizmatlari portal yoki SMS so`rovi orqali aksiz markasi ma`lumotlari kiritilib “yuborish” tugmasi bosilgach, tizim ma`lumotlarni tekshiruvdan o`tkazadi va quyidagi javob variantlaridan biri iste`molchiga yuboriladi: 

  1. Ko‘rsatilgan aksiz marka ma’lumoti tasdiqlandi 
  2. Ko‘rsatilgan aksiz marka ma’lumoti tasdiqlanmadi 
  3. Ko‘rsatilgan aksiz marka ma`lumti noto‘g‘ri kiritilgan 

"Alkogol mahsuloti haqiqiyligini aniqlash axborot tizimi" interaktiv davlat xizmatini  Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida mavjud.

Onlayn so'rovnoma

“NO’KIS VINOZAVODI” AJ-ning faoliyatini qanday baholaysiz?

Obuna bo'lish

2017-yil davomida kelib tushgan murojaatlar soni:
Og`zaki murojaatlar: 2
Telefon / faks orqali: 1
Korporativ web-sayt / e-mail orqali 2
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali: 0
Boshqa usullari orqali: 3
Umumiy soni: 8
Ko’rib chiqilmokda: 3
Javob yuborildi: 5